Airtel mobil operatori xizmatlaridan foydalanadigan Zambiya fuqarolari o‘z smartfonlaridan Facebook hamda salomatlik, ishga joylashish, onalikka bag‘ishlangan yana 11 ta manbaga bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu tashabbus muallifi Mark Sukerbergdir, deya xabar berdi CNews.ru.
Airtel abonentlari belgilangan bepul saytlarga kirish uchun Android-telefonga yuklab olingan Internet.org dasturidan foydalanadi. Bundan tashqari, Internet.org sayti va Android uchun Facebook dasturi ham bunda asqotadi.
12 ta saytga bepul kirish imkoniyati Facebook’ning Internet.org tashabbusi doirasidagi ilk qadamdir. U bunda Nokia, Samsung, Ericsson, MediaTek, Qualcomm va Opera Software kompaniyalari bilan hamkorlik qildi.
Izoh (0)