Yaponiyaning Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Tosimitsu Motegi 4—10-avgust kunlari Ukraina, O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu haqda mazkur vazirlikning axborot xizmati ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ukrainada Tosimitsu Motegining mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko hamda Yoqilg‘i va energetika vaziri Yuriy Prodan bilan uchrashishi kutilmoqda. Uchrashuv nihoyasiga yetganidan so‘ng uning yakuni, xususan, energetika sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonot e’lon qilinadi. Toshko‘mir asosida ishlaydigan eski issiqlik elektr stansiyalarini Yaponiya texnologiyalari yordamida modernizatsiya qilish hamkorlikning asosiy yo‘nalishiga aylanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrifi vaqtida esa Motegining rahbariyat bilan uchrashib, iqtisodiy hamkorlik yo‘llari haqida suhbatlashishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyi o‘rtalarida Ukrainaga Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida tashrif buyurgan edi.
Izoh (0)