Apple kompaniyasi iPhone yordamida mobil to‘lovlarni amalga oshirish tizimini yaratish uchun jiddiy yondoshmoqda. Bu haqda The Information ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Agar Apple o‘zining mobil to‘lov tizimini ishlab chiqarsa, Google Wallet va boshqa mobil to‘lov tizimlariga yaxshigina raqib bo‘la oladi. Kompaniya ma’muriyati hozirda mobil hamyon havfsizlik xususiyati ustida muzokoralar olib bormoqda, deb yozadi Gizmodo sayti.
Apple tez orada o‘zining mobil to‘lov tizimiga asos solishi mumkin va u iWallet deb nomlanishi taxmin qilinmoqda. App Store va iTunes’dan xaridni amalga oshirish uchun juda ko‘p kishilar Apple’ga o‘zlarining kredit karta ma’lumotlarini taqdim etib ulgurishgan.
Izoh (0)