Xitoyning Chjeszyan provinsiyasidagi jamoat bog‘ida ko‘p vazifani bajaruvchi hojatxona ochildi. Sinxua agentligining axborot berishicha, uning dam olish joyi bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xanchjou shahridagi mazkur hojatxona dush kabinalari, skameykalar, divan, stol, bolalar krovati va televizor bilan jihozlangan. Bino gullar bilan bezatilgan, devorlarga suratlar osilgan.
Barcha qo‘shimcha qulayliklar alohida dam olish zonasida joylashgan.
Izoh (0)