Falastinning HAMAS tashkiloti Isroil bilan yarashishdan bosh tortdi. Bu haqda 23-iyul kuni Agence France-Presse xabar berdi. Harakat yetakchisi Xaled Mashaalning aytishicha, o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv G‘azo qamali bekor qilinganidan keyingina tuzilishi mumkin.
“Tashkilot tajovuzkorlikni to‘xtatishga qaratilgan xalqaro harakatlarni ma’qullaydi va turli mamlakatlar, jumladan Misrning aralashuviga qarshilik qilmaydi”, — dedi u. Mashaal shu bilan birga, qamalni bekor qilish haqidagi punkt bo‘lmagan har qanday tashabbusni HAMAS rad qilishini ta’kidladi.
22-iyul kuni arab davlatlari ligasi rahbari Nabil al-Arabiy HAMASni Misrning G‘azo va Isroilda jangovar harakatlarni to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilishga chaqirgan edi.
7-iyuldan Isroil Falastinning HAMAS radikal guruhi nazorati ostidagi G‘azo sektoridan Isroil shaharlarining raketa o‘qlariga tutilishini to‘xtatish maqsadida “Mudofaa chizig‘i” operatsiyasini olib bormoqda. 20-iyulda Isroil armiyasi harbiy operatsiyaning quruqlikdagi bosqichini kengaytirdi.
Urushlar chog‘ida 600 dan ortiq falastinliklar, jumladan tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. Isroil mudofaa armiyasining esa 27 nafar harbiysi qurbon bo‘lgani xabar qilindi.
Izoh (0)