Motorola kompaniyasining fevral oyida eng ko‘p sotilgan Moto G smartfoni oradan olti oy o‘tib ham o‘z mavqeini saqlab kelmoqda. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Sayt xodimlari Amazon’da sotilayotgan smartfonlarni o‘rganib chiqdi. Bunda Moto G olti davlat aholisi eng ko‘p sotib olayotgan smartfon deb topildi. Natijalarga ko‘ra, Moto G smartfonini eng ko‘p sotib olgan davlatlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya va Fransiya bo‘lgan.
Samsung kompaniyasining Galaxy S3 Mini va S3 Neo smartfonlari esa sotuv bo‘yicha AQSh hamda Italiyada yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Hindiston, Braziliya, Meksika va boshqa davlatlar bozorida Moto G katta muvaffaqiyatga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, 8 Gb xotirali Moto G smartfoni iyun oxirida Toshkentda 680 ming so‘mdan sotila boshlangan edi.
Smartfon 4,5 dyuymli displey, 4 yadroli Qualcomm Snapdragon 400 protsessori, 8 Gb ichki xotira va 5 megapikselli asosiy kameraga ega. Qurilma Android 4.3 operatsion tizimida ishlaydi. Akkumulyator sig‘imi 2070 mA·soat bo‘lib, u smartfonning 24 soat davomida aralash rejimda ishlashini ta’minlaydi.
Izoh (0)