App Annie 2014-yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra iOS va Android dasturlari statistikasini e’lon qildi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Uch oy davomida 150 millionta Android dasturlari yuklab olingan bo‘lsa, iOS dasturlarining yuklab olinganlik soni 100 milliontani qayd etgan.
Yuklab olinganlik bo‘yicha Android dasturlari iOS dasturlaridan 1,5 barobar ko‘p. Ammo daromad ko‘rish borasida ancha past natija ko‘rsatgan: Android dasturlari uchun foydalanuvchilar 60 million dollar sarflagan bo‘lsa, iOS dasturlari uchun esa 100 million dollar sarflangan.
Izoh (0)