Xitoyda qishlog‘idan besh soat yo‘l bosib Xanchjouga yetib kelgan 63 yoshli Din Lyan ismli ayolni o‘z o‘g‘li yangi tug‘ilgan nevarasining yoniga kiritmadi. O‘g‘il nevarasi uchun sovg‘a-salomlar ko‘tarib kelgan o‘z onasining tashqi ko‘rinishidan uyalishini aytib, uni tug‘ruqxonadan chiqarib yuborgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ko‘chada yig‘lab ketayotgan ayolni uchratib, uning hikoyasidan ta’sirlangan mahalliy fuqaro unga shahar televideniyesiga intervyu berish taklifini bildiradi. Efir orqali ayol maktabni bitirib, universitetda o‘qigan o‘g‘li bilan faxrlanishini aytadi.
Ma’lum bo‘lishicha, yigit universitetdan so‘ng avtodilerlik kompaniyasi vakili sifatida yaxshi ish topib, so‘ng uylanadi. To‘yiga oddiy qishloq kiyimida kelgan onasidan shaharliklar oldida uyaladi. Tezda uning telefon qo‘ng‘iroqlariga umuman javob bermay qo‘yadi.
Din Lyan teleko‘rsatuv orqali hozir butunlay boshqacha hayot kechirayotgan o‘g‘lini tushunishini aytib, uning bunday munosabatidan norozi emasligini ta’kidladi. “Har qalay nevaram tug‘ilgani haqida menga xabar berdi-ku”, — dedi u.
Izoh (0)