Coca-Cola korporatsiyasi Rossiyaning Omsk viloyatidan bo‘lgan yakka tadbirkor Oleg Sirikidze va uning Spring firmasiga sudni boy berdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
Gap shundaki, 2013-yilda Coca-Cola Sirikidzening korxonasi ustidan sudga shikoyat qilib, u ishlab chiqarayotgan “Sarskiy bochonok” kvas ichimligi idishi Coca-Cola idishining shaklini takrorlayotganini aytgan. Har ikkala ichimlik idishini solishtirib ko‘rgach, Omsk viloyati arbitraj sudi da’voni qondirishdan bosh tortgan.
Yana bir necha marta sudda yutqazgach, Coca-Cola nazorat tartibida ishni qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizani Rossiya Federatsiyasi Oliy arbitraj sudiga yuboradi.
Oliy arbitraj sudining fikricha, kompaniya keltirgan vajlar nazorat tartibida ishni qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘la olmaydi.
Izoh (0)