Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Twitter’dagi rasmiy sahifasida yangi xabar paydo bo‘ldi. Unda “Ukraina hududida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani munosabati bilan Niderlandiya prezidenti Mark Ryuttega” hamdardlik izhor etilgan.
“Biroq Mark Ryutte aslida Niderlandiyaning bosh vaziri, — deb yozadi Ukrainaning “Segodnya” nashri. — Niderlandiya qirollik bo‘lib, uni hozirda mamlakatning yettinchi qiroli — Villem Aleksandr boshqaradi”.
Nashrning ta’kidlashicha, Putinning saytida bunday xatoga yo‘l qo‘yilmagan. U yerda Mark Ryutte Niderlandiya bosh vaziri sifatida tilga olingan.
Twitter’dagi xatolik ham biroz vaqt o‘tgach, to‘g‘rilab qo‘yildi.
Izoh (0)