Germaniya kansleri Angela Merkel o‘z lavozimida muddati tugagunga qadar qolishini aytdi, deb xabar berdi Gazeta.ru Deutche Welle nashriga tayanib.
60 yoshga yaqinlashib qolgan Angela Merkel: “Joriy muddat davomida samarali ishlash niyatim bor, keyin esa o‘ylab ko‘ramiz”, — deya vakolat muddati tugagunga qadar o‘z lavozimida qolishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Germaniya kansleri 2018-yil Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh kotibi lavozimini egallashi ehtimolini ham qat’iy ravishda rad etdi.
Avvalroq Germaniyaning OAVlari partiya va hukumat manbalariga tayanib, Merkelning o‘z xohishi bilan kanslerlikdan ketishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan edi. Siyosatchilar bu borada 1949-yildan buyon saylovlardagi mag‘lubiyat yoki partiya doirasida vazifasidan ozod qilinishini kutmay, hukumat rahbari lavozimini o‘z ixtiyori bilan hech kim tark etmaganini yodga olib, Merkelning birinchi shaxs bo‘lishini aytgan.
Izoh (0)