13-iyul, yakshanba kuni Rossiyaning Rostov viloyatidagi otishmalar natijasida bir nafar Rossiya fuqarosi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jiddiy jarohatlandi. Turar joy binosiga esa Ukraina hududidan otilgan fugas snaryadi kelib tushdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi bunga nisbatan norozilik bildirdi hamda qat’iy va aniq diplomatik harakatlar (demarsh)ni amalga oshirishga va’da berdi. Ukrainaning Rossiyadagi elchisiga nota topshirildi, unda “ushbu hodisa qaytarib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkinligi” ta’kidlandi.
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashidagilar esa Rossiya hududining o‘qqa tutilgani haqidagi xabarni rad etdi.
Izoh (0)