4-iyul kuni Fransiyaning Albi shahrida ta’lim oluvchi o‘quvchining onasi maktabga pichoq bilan kelib, barchaning ko‘z o‘ngida 34 yoshli muallimaning joniga qasd qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti” “Frans Press” agentligiga tayanib. Birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramay, o‘qituvchini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.
Voqea joyiga kelgan Fransiya ta’lim vaziri Benua Amonning kotibi bu hodisa maktab va uning atrofidagi zo‘ravonliklarga qarshi kurashni kuchaytirishga undadi.
O‘qituvchining joniga qasd qilinishi sababi tergov jarayonida aniqlanadi, — dedi prokuror Klod Deran.
Fransiyada sodir bo‘lgan bu hodisa xususida prokuror matbuot anjumani o‘tkazishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha: Birinchi xatboshida xato yozilgan “5-iyul” “4-iyul”ga almashtirildi.
Izoh (0)