Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suaresning uzoq muddatli diskvalifikatsisidan ranjigan mamlakat prezidenti Xose Muxika FIFA sha’niga nomaqbul so‘zlarni aytib o‘tdi, deya xabar beradi Uff.uz Sports.ru manbasiga tayanib.
“Italiyaliklar juda mug‘ombir. Har bir katta musobaqada ular shunaqa yo‘l tutadi. Suares bilan bog‘liq holatda bo‘lsa, FIFA haddidan oshib ketdi. Ular nafaqat bir futbolchiga, balki butun mamlakatga nisbatan zarba berdi.
Bizdagi futbolchilar qashshoq hududlarga katta bo‘lgan va yurt sha’nini ko‘tarish uchun o‘ynaydi. Ular universitetlarda o‘qimagan. Bu FIFAga yoqmaydi.
FIFA — qarib, miyasi aynib borayotgan qariyalardan iborat makondir. Bu gapimni bemalol matbuotga chiqaring. Biz FIFA tomonidan Suares jazolanishini bilar edik, lekin bu darajada emas. Ular fashistlik qildi”, — dedi Muxika.
Izoh (0)