Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) JCh — 2014 doirasidagi Rossiya — Jazoir o‘yinida Rossiya termasi darvozaboni Igor Akinfeyevning ko‘ziga lazerli ko‘rsatkich (ukazka) bilan nur tushirgan kishining shaxsini kuzatuv kameralari orqali aniqlashga harakat qildi, biroq suratlar juda xira bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Marakana” stadionidagi matbuot anjumanida FIFA bosh kotibi Jerom Valke ma’lum qildi, deya xabar beradi “ITAR-TASS”.
Jumaga o‘tar kechasi bo‘lgan matchda, jazoirliklar 60-daqiqada jarima to‘pini tepishdi, Akinfeyev uni tutib qololmadi. Match translyatsiyasida uning yuziga tushib turgan lazer nuri yaqqol ko‘ringan.
“Biz bunday holatlar ro‘y bermasligi, halol o‘yinga hech narsa xalal bermasligi ustida ishlayapmiz, — dedi bosh kotib. — Shuni tushuningki, hakam bunday paytda o‘yinni to‘xtata olmaydi: stadionda o‘n minglab kishi bor, qoidabuzarning shaxsini tezkorlik bilan aniqlash iloji yo‘q”.
Izoh (0)