O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekistonda 274 ta yong‘in qayd etilgan. Turli sabablarga ko‘ra respublikada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida besh nafar fuqaro tan jarohati olgan va ikki kishi halok bo‘lgan, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati.
Ushbu yong‘inlarda 1 milliard 166 million 779 ming 255 so‘mlik qurilish materiallari va 1 milliard 167 million 969 ming 277 so‘mlik moddiy boylik saqlab qolingan.
Buxoroda istiqomat qiluvchi fuqaro Fyodorova uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi oqibatida 16 kv metr maydon va uy jihozlari yongan. Yong‘in o‘chirish jarayonida xonadon egasining jasadi topilgan.
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida yashovchi Yakubovning uyida yong‘in sodir bo‘lib, 100 kv metr maydon va uy jihozlari yongan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasini kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)