Bir necha kun avval KXDRning Davlat Mudofaa qo‘mitasi Koreya Respublikasiga barcha sohalarda kuzatilayotgan dushmanlik kayfiyatini yo‘qotish taklifi bilan chiqqan edi. Taklifda asosiy e’tibor Sariq dengizning chegaraviy hududida kuzatilayotgan ziddiyatlar kuchayishini oldini olish lozimligiga qaratilgan.
Janubiy Koreya bu taklifni samimiylikdan yiroq hamda xomxayoldan ortiq narsa emas, deb baholab, uni rad etdi, — deydi “RIA Novosti” “Renxap” agentligi bergan ma’lumotlarga tayanib.
“Pxenyan chindan ham tinchlik o‘rnatishni istasa, yadroviy qurol muammosini hal etishi kerak”, — deyiladi Koreya Respublikasining Shimoliy Koreyaga yo‘llagan javobida.
Izoh (0)