Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yahudiylar diniy maktabining uch o‘quvchisini o‘g‘irlash va o‘ldirishda HAMAS harakatini ayblab, seshanbaga o‘tar kechasi anklavdagi HAMAS, “Islom jihodi”, Falastinni ozod qilish Xalq Demokratik fronti singari harbiy tashkilotlar binolariga hujum uyushtirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Yo‘qolgan uch bola 12-iyundan beri amalga oshirilgan qidiruv ishlaridan so‘ng g‘arbiy sohilda jonsiz holatda topilgan.
Bundan avval dushanba kuni falastinliklar 18 ta raketa orqali Isroilning janubiy hududlariga hujum qilgan edi.
OAV bu harakatlar vaqtida to‘rt kishi jarohatlangani va bir kishi izsiz yo‘qolgani haqida xabar bermoqda. Falastinliklar esa kamida olti kishi halok bo‘lganligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)