Chaqaloqni nazorat qilish, bolakaylarga tish yuvishni o‘rgatish, termometr, itni izlash, qo‘lingizda uxlab qolgan farzandingizni uyg‘otib yubormaslik uchun iPhone yordamida chiroqni o‘chirish…
Yuqoridagilarning barchasi iPhone 5s sotib olish uchun yaxshi sabab, deyiladi Apple reklama roligida. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.
Apple’ning so‘nggi reklama roligi Parenthood – “Ota-onalik” deb nomlanadi va unda ota-onalarning farzand tarbiya qilishlarida iPhone smartfonining yordami ko‘rsatilgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, bu reklama roligi iOS 8 operatsion tizimida ishlaydigan sog‘likni nazorat qiluvchi HelathKit hamda aqlli uylar uchun mo‘ljallangan – HomeKit dasturlarining ommalashishiga xizmat qiladi.
Izoh (0)