Londonning Stansted aeroportida Yevropadagi eng yirik byudjet (arzonchi) aviakompaniyasi — Irlandiya Ryanair’ining ikki samolyoti to‘qnashib ketdi, deya xabar beradi “Kun”Associated Press axborot agentligi ma’lumotiga tayanib.
To‘qnashuv samolyotlardan biri to‘xtash joyiga kirib kelayotganida, ikkinchisi esa orqaga yurish bilan undan chiqayotganida sodir bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganib chiqilmoqda. Uchuvchilarning qonidan alkogol belgilari topilmagan.
Qayd etishlaricha, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan.
Izoh (0)