Tosh ko‘tarish bo‘yicha ko‘p karra jahon chempioni, andijonlik Muhtarama Aliyeva Fransiyada bo‘lib o‘tgan jahon birinchiligida g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Fransiyada o‘tkazilgan tosh ko‘tarish musobaqalarida jahonning 30 dan ortiq davlati vakillari g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Ana shu musobaqada 60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Muhtarama Aliyeva eng yuqori natijaga erishdi va yettinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
– Nomdor va kuchli sportchilar ishtirok etgan musobaqada g‘olib chiqish oson kechgani yo‘q, – deydi u. – Bunda jiddiy tayyorgarlik ko‘rganim, muayyan tajriba va mahorat menga asqatdi.
Izoh (0)