Jahon chempionati musobaqasining “С” guruhidan o‘rin olgan uchrashuvda Kot-d’Ivuar terma jamoasi Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinda hisobni kunchiqar yurt vakillari ochishganini ham alohida ta’kidlash kerak. Keysuke Xonda bu vaziyatda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Ammo ikkinchi bo‘limda ivuarliklar ikki daqiqa ichida ikkita gol kiritib, g‘alabani ilib ketishdi.
Kot-d’Ivuar – Yaponiya 2:1 (0:1, 2:0)Gollar: 0:1 – 16 Xonda, 1:1 – 64 Boni, 2:1 – 66 Jervino.Kot-d’Ivuar – Barri, Ore, Zokora, Bamba, Boka (Djakpa, 75), Tiote, Di (Drogba, 62), Yaya Ture, Kalu, Boni (Ya Konan, 78), Jervino.
Yaponiya – Kavasima, Utida, Yosida, Morisige, Nagatomo, Yamaguti, Xasebe (Endo, 54), Okadzaki, Xonda, Kagava (Kakitani, 86), Osako (Okubo, 68).Ogohlantirishlar: Yosida (23), Bamba (54), Zokora (58), Morisige (64).
Izoh (0)