Litvaning Vilnyus shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi medallar soni bo‘yicha 20 mamlakat ichida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Milliy paralimpiya assotsiatsiyasining nashrga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi beshta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medal jamlagan.
Jamoa musobaqalarida ham O‘zbekiston sportchilari birinchi o‘rinni band qilib, turnir Kubogini qo‘lga kiritishdi.
Endi terma jamoa AQShda bo‘lib o‘tadigan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida qatnashadi.
Izoh (0)