Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2014-yil 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining qarori qabul qilindi. Qarorga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2013-yil 16-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida saralash test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z saytida xabar bergan.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Qaror matnida ta’kidlanishicha, mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-iyundagi 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish va rasmiylashtirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan qabul qilingan.Asosiy o‘zgartish va qo‘shimchalar saralash test sinovlarini o‘tkazish tartib-qoidalariga taalluqli bo‘lib, unga ko‘ra endilikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘tkazilgan saralash test sinovi natijalari Davlat test markazining rasmiy veb saytiga joylashtirilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha yillardan buyon abituriyentlarga qulaylik tug‘dirish maqsadida 1-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan test sinovi natijalari Davlat test markazining rasmiy veb saytida e’lon qilib boriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi