Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple mahsulotlari ashaddiy ishqibozlaridan biri – Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev haqida so‘nggi paytlarda turli xabarlar tarqaldi. Ularga ko‘ra, bosh vazir AQSh sanksiyalari tufayli Amerika mahsulotidan voz kechmoqchi.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

Mail.ru xabar berishicha, Medvedev bu gap-so‘zlarni rad etdi. “Amerika bilan nizolarimizning iPhone’ga qanday daxli bor? – dedi u. – Keling, unda barcha import mahsulotlardan voz kechamiz, shunda kim qoladi? Shimoliy Koreyami? Bizda bunaqasi ketmaydi. Apple mahsulotlaridan voz kechish orqali amerikaliklarga zarar yetkazish kulgili”.

Nashrning ta’kidlashicha, Medvedevni Apple’niki bo‘lmagan qurilmalar bilan ham ko‘rish mumkin. Uning Samsung Galaxy Gear “aqlli” soati, Galaxy S4 smartfoni, shuningdek Rossiyada ishlab chiqarilgan YotaPhone’i ham bor, deb yozadi nashr.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?