Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina chegarasida joylashgan o‘quv mashg‘ulotlari hududidan “qo‘shinlarni qaytarish” haqida buyruq berdi, deya Kreml xabar tarqatdi. Biroq NATO qo‘shinlarning olib ketilgani bo‘yicha hech qanday dalilni ko‘rmayotgani haqida bayonot berdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mudofaa vaziri Sergey Shoygu. Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mudofaa vaziri Sergey Shoygu. Foto: Reuters

7-may kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti raisi Didye Burkxalter bilan uchrashuvda Putin Ukraina chegarasidan qo‘shinlarni ko‘chirib o‘tkazgani haqida gapirgan. “Ular poligonlardagi doimiy harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joyda”, — degan edi u.

G‘arb shundan keyin ham Rossiya qo‘shinlari hali hamon Ukraina chegarasida turganini ta’kidlagan. NATO esa Rossiyaning chegaradagi odamlari sonini taxminan 40 mingta deb baholab, ushbu xulosani sun’iy yo‘ldosh orqali olingan suratlar bilan isbotlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov