AQSh poytaxti Vashingtonda Oq uy siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. U rejalashtirilgan mitinglarning birinchisi bo‘ldi, deya xabar berdi Vesti.ru.
Namoyish ishtirokchilari “Obamani hibsga oling!” va “Obama yutqazdi!” shiorlarini baralla aytishdi. Ular AQSh prezidenti, vitse-prezidenti hamda bosh prokurori iste’fosini hamda Amerikaning chet eldagi barcha harbiy bazalari yopilishini talab qilishdi.
Mitinglarga iste’fodagi amerikalik zobitlar tashkilotchilik qilmoqda. Ular “Amerika bahori” deb nom olgan ushbu norozilik harakatlari yaqin oylarda butun mamlakatni egallab olishiga va’da bermoqda. “Amerika bahori”da 30 milliongacha aholi ishtirok etadi.
Izoh (0)