Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In “muhim kemasozlik zavodlari”ni ko‘zdan kechirdi va u yerda atom suvosti kemasi qurilishi bilan tanishdi.
Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar berdi.

Shimoliy Koreya rahbari o‘z mamlakatining dengiz mudofaa tizimi har qanday zaruriy hududlarda cheklovlarsiz, to‘liq joylashtirilishini ta’kidladi.
Zavodga tashrifi davomida Kim Chen In 2021-yilda bo‘lib o‘tgan partiya qurultoyida eʼlon qilingan mudofaa qaroriga muvofiq qurilayotgan yadroviy quvvatli strategik suvosti kemasini ko‘zdan kechirdi.
Shimoliy Koreya birinchi marta ballistik raketalarni tashishga qodir suvosti kemasi qurilishi haqidagi ma’lumotlarni ommaga oshkor qildi va kema tashqi ko‘rinishini ko‘rsatdi.

Izoh (0)