Shavkat Mirziyoyev farmoyishi bilan Prezident matbuot xizmatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
![](/static/2024/09/30/photo_2022-05-25_14-54-37-aQBQ42-7.jpg)
Prezident matbuot xizmati bosh konsultanti lavozimida ishlab kelgan Bahodir Yunusov Prezident matbuot xizmati sho‘ba mudiri etib tayinlandi.
![](/static/2024/09/30/photo_2024-09-30_10-03-32-PYTXbOT8.jpg)
Ushbu lavozimda 2020-yildan buyon G‘ulomjon Samadov ishlab kelayotgan edi. U “Nurafshon” telekanali direktorligida ish boshladi.
Bahodir Yunusov Prezident matbuot xizmati bosh konsultanti lavozimida 2018-yildan buyon ishlab kelayotgandi. Undan avval ko‘p yillar davomida O‘zbekiston MTRK tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan, so‘ng Vazirlar Mahkamasining departamentlaridan birida ham ishlagan. 2017-yilda MTRK raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Shuningdek, farmoyish bilan Buyuk Britaniyadagi Xalt xalqaro biznes maktabi va Birmingem universitetini tamomlagan Kamila Gaynulina Prezident matbuot xizmati yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)