• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Toshkent invest kompaniyasi “Pulli to‘xtash joylari” dasturini yaratish uchun qariyb 8 mlrd so‘m mablag‘ sarflaydi

    “Toshkent invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati 14—20-dekabr kunlari boshlang‘ich narxi salkam 8 milliard so‘mlik tender o‘tkazdi.

    Platformaga joylangan texnik topshiriq hujjatida shaharda transport vositalari to‘xtab turish joylarini boshqarish, ulardan foydalanishni avtomatlashtirish uchun dasturiy ta’minotni yaratish, texnik qo‘llab-quvvatlash va modernizatsiya qilish belgilangan. Xizmatlarni ko‘rsatish muddati shartnoma imzolangandan boshlab 270 kalendar kuni hisoblanadi. 

    Skrinshot: etender.uzex,uz

    “Pulli to‘xtash joylari” yagona axborot tizimini yaratish uchun taklif qilingan boshlang‘ich narxi 8 milliard 225 million 757 ming 968 so‘m  etib belgilangan.

    Lotni yutib olish uchun ikkita – Rossiyaning Intermobiliti mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda  Streetpark Systems kompaniyasi ishtirok etgan.

    Yakuniy natijaga ko‘ra, loyihaga 6 milliard 780 million so‘m taklif qilgan Streetpark Systems MCHJ 100 ball bilan g‘olib deb topilgan. “Intermobiliti” esa  97.8961 ball bilan zaxira g‘olib sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Bayonnomaga komissiya a’zolarining 6 nafari roziligini, 1 nafari esa betarafligini bildirgan.

    Ma’lumot uchun, Streetpark Systems kompaniyasi 17-dekabr kuni o‘tkazilgan auksion savdosi yakunlariga ko‘ra, Toshkent ko‘chalarida avtomobillarning pulli to‘xtab turish joylarini tashkil etish huquqiga ega hisoblanadi.

    G‘olib kompaniya haqida

    Streetpark Systems 2024-yilning 13-noyabrida ro‘yxatga olingan. Kompaniya ta’sischilaridan biri — Kudratbek Dilshadovich Yakubov bo‘lib (Leader Great Trade, Aziz Export 777, Prime Avto Consulting MCHJlariga ham egalik qiladi), u 75 foiz ulushga ega. Qolgan 12,5 foizi Vengriyaning iCell Mobilsoft Zrt va Kasy Park kompaniyalariga tegishli.

    Foto: registr.stat.uz

    “Gazeta.uz”ning yozishicha, Toshkentda pulli avtoturargohlar tashkil etish huquqi uchun o‘tkazilgan birinchi auksionning asosiy va zaxira g‘olibi yer ijarasi bo‘yicha shartnoma imzolamagani sababli ularning g‘olibligi bekor qilingan. 572 million so‘m miqdoridagi omonat kuyib ketgan Balcomuz kompaniyasi 12 oyga auksionlarda ishtirok etishdan chetlatilgan. Zaxira g‘olibining ham omonati kuyib ketgan.

    Toshkentda pulli to‘xtash joylari

    Toshkentda avtomobillar uchun yo‘l bo‘ylarida pulli to‘xtash joylari tashkil etilishi haqida 2021-yilda ma’lum bo‘lgandi. O‘shanda “Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida poytaxtdagi tirbandliklarni, markaziy ko‘chalarda transport oqimini kamaytirish, avtomobillarning yo‘l bo‘yida betartib to‘xtashini tartibga solish maqsadida yagona avtomobil yo‘l bo‘yi pulli to‘xtash joylari tizimini tashkil etish zarurligi aytilgandi.

    Dastlab 10 ta markaziy ko‘chada pulli avtomobil to‘xtash joylari tarmog‘i paydo bo‘lishi e’lon qilindi.

    Prezidentning 2022-yil 2-fevraldagi qaroriga muvofiq, 2022-yilda 10 ta markaziy ko‘chalarda, ya’ni Glinka, Bratislava, Mirobod, Avliyo ota, Taras Shevchenko, Said Baraka, Moshtabib, Fidokor, Sodiq Azimov va Yakub Kolas ko‘chalarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pulli to‘xtash joylarini tashkil etish belgilandi.

    2024-yil 16-oktyabr kuni Shavkat Umurzoqov Toshkent shahrida transport vositalarining pulli to‘xtab turish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjatda pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdori ham tasdiqlandi. Parking hududlari 5 ta tarif zonasiga bo‘linadi.

    Bir soatlik to‘xtab turish narxlari:

    • 1-tarif zonasida 12 ming so‘m;
    • 2-tarif zonasida 10 ming so‘m;
    • 3-zonada 8 ming so‘m;
    • 4-zonada 6 ming so‘m;
    • 5-tarif zonasida 5 ming so‘mni tashkil qiladi.

    Parking transport vositalarini saqlash uchun mo‘ljallanmagan. U yerda uchinchi shaxslar tomonidan transport vositalarining olib qochilishi va shikastlanishi xavfi avtomobillar egalari zimmasida qoladi.

    Foto: E-auksion

    Ijaraga beriladigan maydonlarning umumiy hajmi 262,8 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bunda quyidagi ko‘chalar qamrab olinadi:

    • Toshkentning markaziy qismi (jumladan, Amir Temur xiyoboni, Movarounnahr, Istiqlol, Yahyo G‘ulomov, O‘zbekiston ovozi, Istiqbol, Sodiq Azimov, Taras Shevchenko, Shahrisabz, Yakkachinor, Shastri, Mahatma Gandi, Hamid Olimjon, Chexov va boshqa ko‘chalar);
    • Uchtepa va Chilonzor tumanlari (Kichik halqa avtomobil yo‘li, Farhod, Lutfiy, Cho‘ponota, Muqimiy, Qatortol, Chilonzor, Arnasoy, Yesenin, Beshqayrag‘och ko‘chalari);
    • Sergeli va Yangihayot tumanlari (Yangi Sergeli, Tursunzoda, Alaviya, Shokirariq, Islom Sattorov, Qipchoq, Qo‘rg‘ontepa, Birodarlik ko‘chalari);
    • Olmazor va Shayxontohur tumanlari (Labzak, Sebzor, Gulobod, Forobiy, Beltepa, Qoraqamish, Qorasaroy, Shimoliy Olmazor ko‘chalari);
    • Bektemir tumani (Husayn Boyqaro ko‘chasi);
    • Mirobod tumani (Yangi Qo‘yliq ko‘chasi);
    • Yashnobod tumani (Ohangaron yo‘li ko‘chasi, Quyi Tolariq, Sivets, Quruvchilar ko‘chalari).

    2024-yil 19-yanvarda “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolangandi. Qonunda pulli to‘xtab turish joylarining egalari ushbu joylardan foydalanganlik uchun to‘lov miqdorini Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan cheklangan miqdorlardan yuqori bo‘lmagan tariflar bo‘yicha mustaqil ravishda belgilashi qayd etilgan.

    3 yanvar, 12:21   Izoh (0)   7491
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Toshkent#pulli to‘xtash

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Turkiya vakillari o‘rtasida Toshkentda yo‘llar yoqasida pulli to‘xtash joylarini qurish bo‘yicha memorandum imzolandi (video)

    16.09.2018, 09:40

    Toshkentning 10 ta markaziy ko‘chasida pulli avtomobil to‘xtash joylari tarmog‘i paydo bo‘ladi

    27.03.2021, 12:10

    Toshkent—Andijon pulli avtomobil yo‘lini qurish uchun qancha mablag‘ sarflanishi ma’lum bo‘ldi

    27.03.2021, 16:11

    Toshkentdagi “Qo‘yliq” ko‘prigi 20-aprelgacha avtomobillar harakati uchun yopiladi

    31.03.2021, 22:20

    Avtomobillar harakati uchun 20-aprelgacha yopilgani aytilgan “Qo‘yliq” ko‘prigidagi bugungi holat (foto)

    02.04.2021, 20:11

    Toshkentda 2 mingdan ortiq yo‘l bo‘yi pulli avtomobil to‘xtash joylari tashkil etiladi

    21.11.2022, 17:52

    Toshkentda tashkil etiladigan pulli to‘xtash joylarining yagona boshqaruvchisi bo‘lishi kutilmoqda

    14.11.2024, 08:35

    Taqiqlangan joyda to‘xtagan taksichilar ham jarimaga tortiladimi? Ochiq qolayotgan savollar

    22.11.2024, 19:58

    “Parkovka monopolisti”: Toshkentda pulli to‘xtash joylari yagona boshqaruvchiga sotildi

    26.11.2024, 14:32

    Davlat byudjeti muhokamasi, isroillik ravvinning o‘limi yuzasidan hamdardlik, tarqalayotgani aytilgan nomaʼlum xavfli virus: 26-noyabrning eng muhim xabarlari

    26.11.2024, 22:47

    Eski “ToshMI” va sobiq “Toshselmash” bozori yonidagi chorrahalar rekonstruksiya qilinadi

    29.11.2024, 14:22

    Parlamentdagi tortishuv: Alisher Qodirov va deputatlar avtobus yo‘laklari masalasida spikerga qarshi chiqdi

    12.12.2024, 20:21

    Toshkentda pulli to‘xtash joylari uchun qayta savdo o‘tkazildi

    19.12.2024, 12:00

    2024-yilda turmush qurgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto, video) 

    31.12.2024, 12:35

    McDonald’s’da idish yuvgan aktyor, Rossiyada uy qurgan xonanda: Musofirlikni boshdan kechirgan o‘zbek shou-biznes vakillari (foto)

    2 yanvar, 14:35

    Maryam Yoqubova. Amir Olimxon saroyida raqqosalik qilgan, 11 yoshida majburan turmushga uzatilgan aktrisani xotirlaymiz

    1 yanvar, 18:15

    Yangi yilning ilk kunida ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilindi

    31.12.2024, 11:05

    “Markaziy Osiyo — AQSH manfaatlarining kalit hududi”. Tramp mintaqaga qanday e’tibor qaratadi?

    31.12.2024, 18:03

    O‘zbekistonda 1-yanvardan qanday o‘zgarishlar kuchga kirdi?

    1 yanvar, 09:50

    “Otopleniye’ yaxshi isitmayotgani haqidagi shikoyatlar kamaygan” — Toshkent shahar hokimi

    1 yanvar, 11:50

    Metan zapravkada gaz yo‘qligidan shikoyat qilib, masʼullarni tanqid qilgan fuqaro qamaldi 

    1 yanvar, 12:55

    Elektrikdan fan doktorigacha: O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida viloyatlarga rahbarlik qilgan amaldorlar 

    2 yanvar, 14:54

    Toshkent metrosi uchun yana uchta yangi poyezd olib kelindi

    1 yanvar, 14:30

    “O‘zgidromet” 2-yanvarda qaysi hududlarda qor yog‘ishi mumkinligini ma’lum qildi

    1 yanvar, 14:10

    O‘zbekistonda dekabrda eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi

    1 yanvar, 18:40

    Yangi yilning birinchi sutkasida O‘zbekistonda 1641 nafar chaqaloq dunyoga keldi  

    2 yanvar, 10:10

    Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari taʼtilga chiqadi

    2 yanvar, 18:16

    Toshkentda hojatxona qog‘ozlari bilan xavfli tryuk qilgan bloger jarimaga tortildi (video)

    2 yanvar, 21:33
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jizzaxda paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 12:13

    Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 11:16

    Ikkita viloyatda jami 411 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 10:35

    Jizzaxda IIO xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilgan xabarlarga izoh berildi

    O‘zbekiston | 9 may, 10:07

    O‘zbekistonda 10-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 9 may, 09:56

    Oston O‘runovning goli “Persepolis”ga g‘alaba olib keldi (video)

    Sport | 9 may, 08:58

    Toshkentdan Laxorga uchadigan reyslar bekor qilindi

    O‘zbekiston | 9 may, 08:44

    Yevropa Ligasi. Angliyaning ikki klubi final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 9 may, 08:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.