SpaceX kompaniyasining Texasdagi Starbeys nomli bazasi rasman shahar sifatida e’tirof etildi. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

“Endi bu rasman tasdiqlandi”, dedi u.
3-may kuni Texasning Kameron okrugi hokimiyati bazani alohida shahar sifatida tan olish masalasi bo‘yicha aholi o‘rtasida ovoz berish o‘tkazilgan. Unda shahar chegaralarida istiqomat qiluvchi 300 nafardan kamroq kishi ishtirok etgan. Kamerun okrugi saylov departamenti e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz berishda jami 218 kishi qatnashgan. Ishtirok etganlarning taxminan 97 foizi shaharning tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlagan.
Kemeron okrugi saylov ma’muri Remi Garzaning aytishicha, ovoz berish byulletenlari hisoblab bo‘lingach, saylov natijalari okrug komissarlari tomonidan tasdiqlanishi lozim. Shundan so‘nggina yangi munitsipalitet ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin bo‘ladi.
Rasmiy munitsipalitet sifatida ro‘yxatdan o‘tish SpaceX obyektlarida xodimlar sonini ko‘paytirish imkonini beradi va umuman olganda, mahalliy hokimiyatlarga keng vakolatlar beradi. Shu tarzda ular hududlarni zonalashtirish qoidalarini ishlab chiqishlari, daromadlarni oshirishlari va shahar vazifalarini bajarish uchun xodimlarni yollashlari mumkin bo‘ladi.
“Shaharga aylanish bizga koinotda insoniyatning kelajakdagi o‘rnini bunyod etayotgan erkaklar va ayollar uchun eng yaxshi hamjamiyatni yaratishni davom ettirishimizga ko‘maklashadi”, deyiladi Starbeyzning X’dagi rasmiy sahifasida.
Izoh (0)