Daryo

AQSHda 70 milliondan ortiq saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi

AQSHda navbatdagi prezident saylovi 5-noyabrda bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish16 122 ko‘rishlar0 izoh0

5-noyabr kuni AQSHda bo‘lib o‘tadigan umumiy saylov oldidan 70 milliondan ortiq Amerika fuqarosi muddatidan oldin ovoz berdi. Bu haqda Florida shtati universiteti e’lon qilgan ma’lumotlarda keltirilgan.

Foto: Report.az

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 70 053 286 AQSH aholisi muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalangan. Ularning 37,4 milliondan ortig‘i saylov uchastkalarida shaxsan o‘zi, 32,6 millionga yaqini esa pochta orqali ovoz berdi.

Qo‘shma Shtatlarda ro‘yxatga olingan saylovchilar soni 168 millionga yaqin. Eng ko‘p kishi Texas (7,9 million), Florida (7,3 million) va Kaliforniya (6 million) shtatlarida erta ovoz bergan.

AQSHda navbatdagi prezident saylovi 5-noyabrda bo‘lib o‘tadi. Respublikachi Donald Tramp va demokrat Kamala Harris davlat rahbari lavozimi uchun kurashmoqda.

Tramp Amerikaning 45-prezidenti sifatida 2017-2021-yillarda bu lavozimda faoliyat yuritgan. Kamala Harris esa ayni paytda mamlakat vitse-prezidenti lavozimida ishlamoqda.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar