Turkish Airlines aviakompaniyasining kapitan-uchuvchisi Sietldan Istanbulga parvoz paytida vafot etdi. Bu haqda aviakompaniya vakili Yahyo Ustun “X” ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Sietl—Istanbul yo‘nalishida № TK204 reysini amalga oshirayotgan, TC-LGR ro‘yxatiga ega bo‘lgan Airbus 350 samolyotining kapitan-piloti Ilchexin Pehlivan parvoz vaqtida hushini yo‘qotdi, birinchi tibbiy yordam natija bermagach, ekipaj a’zolari samolyotni favqulodda qo‘ndirishga qaror qildi. Biroq samolyot qo‘nguncha kapitanimiz vafot etdi”, deb yozdi u.
Uchuvchi 59 yoshda ekani xabar qilingan.
Vakil Pehlivanning Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi ruxsat bergan tibbiyot markazida davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tganini qayd etgan. Tekshiruvda uning o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qiladigan hech qanday muammo aniqlanmagan.
Izoh (0)