Madridning “Real” klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Viniusius Junior intizomiy jazoga tortilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Braziliyaning “Tiberis Holding do Brasil” kompaniyasi 7-aprel kuni FIFA Etika qo‘mitasining Tekshiruv palatasiga rasmiy shikoyat yuborgan. Unga ko‘ra, Viniusius otasiga qarashli kompaniya orqali bir nechta futbol klublarini sotib olish jarayonida ishtirok etgan. Bu holat La Liga va FIFA qoidalariga zid bo‘lishi mumkin.
Agar ayblovlar tasdiqlansa, futbolchi ikki yilgacha maydondan chetlashtirilishi yoki boshqa jamoalardagi ulushlaridan voz kechishga majbur bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, unga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanish ehtimoli ham bor.
Avvalroq braziliyalik hujumchi yozgi transfer oynasi vaqtida Saudiya Pro Ligasiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, futbolchi joriy mavsum Ispaniya La Ligasi doirasidagi 27 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 7 ta assist yozdirib qo‘ygan. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Izoh (0)