• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eron prezidenti o‘limiga ichki dushmanlar aloqador bo‘lishi mumkin — The Economist

    Ibrohim Raisiy 3 yil avval Eron prezidenti lavozimini egallaganida, ayrim eronliklar buni yuqori lavozim sari qadam deb hisoblagan. Ular Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy vafot etgan taqdirda, Raisiy, shubhasiz, uning lavozimini egallashini kutgan. Ammo bu kutilmalar o‘zini oqlamadi, deya yozmoqda The Economist.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Jurnalistlarga ko‘ra, Raisiyning o‘limi Eron siyosatini larzaga keltiradi, bu qiyin paytda tezda yangi prezident topishga majbur qiladi, sababi Eron “mintaqaviy urushga jalb etilgan”. Jurnalistlar prezident o‘ldirilgani ehtimolini ham istisno etmayapti.

    “Eron siyosatida hech narsa ko‘ringanidek emas, ko‘pchilik eronliklar falokat borasida jirkanch taxminlar haqida o‘ylay boshladi. Raisiy ichki dushmanlarning uzun ro‘yxatiga ega edi. Dushmanlari uni o‘ldirish uchun til biriktirishdimi, deb hayron bo‘lish bejiz emas”, — deyiladi xabarda.

    Rossiya Davlat dumasi xalqaro ishlar qo‘mitasi rahbari Leonid Slutskiy ham suiqasd ehtimolini inkor etmadi.

    “Tergov Eron prezidenti Raisiy vertolyotining qulashi sabablarini o‘rganadi, biroq versiyalarning birortasini ham inkor etib bo‘lmaydi. May voqealari, jumladan, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga va Slovakiya bosh vaziriga suiqasdga urinishlar ma’lum bir “fojiali tasodiflar” zanjiriga to‘g‘ri keladi”, — degan u.

    Eron prezidenti Ibrohim Raisining vertolyot halokatida o‘limi Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga qilingan suiqasd, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichga bir qator tahdidlar va Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinish ortidan sodir bo‘ldi.

    Siyosatshunos, AQSH armiyasining iste’fodagi podpolkovnigi Erl Rasmussen Erondagi voqealarga Isroil razvedka xizmatlarining aloqador bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi.

    “Isroil unga Eron hujum qilganida xotirjamlik bilan munosabat bildirgani hammani hayratda qoldirdi. Shunday ekan, Isroil shunga o‘xshash narsani juda yaxshi qila oladi”, — deydi siyosatchi.

    U tashqi siyosatda “xuddi shunday tasodiflar” juda kam uchrashini ta’kidladi.

    “Xususan, Germaniya bosh vaziri yoki Fransiya prezidenti bilan biror narsa sodir bo‘lganini ko‘rmagansiz. Shunday bo‘ldiki, bu voqealarning barchasi hozirda ma’lum tomonlar bilan munosabatlarda biroz keskinlikni boshdan kechirayotgan mamlakatlarda kuzatildi”, — deya davom etdi u.

    Rasmussenning qo‘shimcha qilishicha, jamoatchilik hech qachon tashqi aralashuv bor-yo‘qligini bilmaydi, biroq vaziyat shunga ishora qilmoqda.

    “Qulagan vertolyot bortida Eronning yuqori lavozimli rahbarlar bo‘lgani, shuningdek, juda qisqa vaqt ichida turli mamlakatlarda bo‘lib o‘tayotgan ko‘plab voqealar g‘alati ko‘rinadi. Bunga biror isbot topilsa, meni hayratga solmagan bo‘ladi”, — deya ta’kidladi u.

    Shuningdek, Rasmussen Eron prezidenti vertolyoti halokatga uchragan tog‘larda quyuq tuman odatiy hol bo‘lgani, havo kortejidagi ikki vertolyot xavfsiz qo‘nishni amalga oshirganiga e’tibor qaratdi.

    “Shunday qilib, uchinchi uchuvchining (Raisiy vertolyotini boshqargan) guruhdan ajralib chiqishi juda g‘alati. Ishonchim komilki, Raisiy bo‘lgan vertolyotni eng tajribali uchuvchilar boshqargan. Bu vertolyotda nafaqat prezident, balki uning tashqi ishlar vaziri, shuningdek, viloyat gubernatori ham bo‘lgan. Samolyotda juda nufuzli odamlar bor edi. O‘ylaymanki, jiddiy tergov bo‘ladi”, — degan u.

    Barcha so‘nggi voqealar bir-biriga bog‘liq bo‘lishi mumkin, ammo bu haqda hech qanday dalil yo‘q, deya tasdiqladi ekspert. 

    “Keyin har bir holatni ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi — agar Turkiyada davlat to‘ntarishi bo‘lsa, kimga foyda? Agar Fitso haqiqatan ham o‘lsa, kim yutardi? Erondagi oliy martabali siyosatchilarning hammasi, nafaqat prezident, balki bortdagi boshqa odamlar, ayniqsa Yaqin Sharqda nufuzga ega tashqi ishlar vaziri o‘lgan bo‘lsa, kimga naf?”, — deya xulosa qildi Rasmussen.

    Raisiy vertolyoti halokatga uchrashi

    Bortida Eron prezidenti bo‘lgan vertolyot 19-may kuni Eron-Ozarbayjon chegarasi yaqinidagi Verzegan shahri tog‘li hududiga “qattiq qo‘ngan”di. Qutqaruvchilar 20-may kuni vertolyot halokatga uchragan joyni aniqlagan. Vertolyot “qattiq qo‘nish” chog‘ida butunlay yonib ketgan. Oqibatda bortdagilarning bari halok bo‘lgan. Ular qatorida Raisiydan tashqari Eron tashqi ishlar vaziri Amir Abdullahyon, Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Oyatulloh al-Hoshim va Tabriz imomi Muhammad Ali al-Hoshim ham bor. 

    Ibrohim Raisiy Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan uchrashuvdan qaytayotgan bo‘lgan. Davlat rahbarlari Aras daryosidagi to‘g‘on ochilishi marosimida ishtirok etgan. 

    20.05.2024, 13:45   Izoh (0)   21198
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi

    19.05.2024, 23:16

    Eron prezidenti vertolyoti halokatga uchragan joy aniqlandi (video) 

    20.05.2024, 07:49

    Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi 

    20.05.2024, 12:14

    AQSH Xitoy kemalarini josuslikda gumon qilmoqda — WSJ  

    20.05.2024, 13:20

    Finlyandiya Rossiya bilan chegarani qisman ochishi mumkin

    20.05.2024, 11:50

    Eron prezidenti vazifasini Muhammad Moxber bajaradi

    20.05.2024, 11:08
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putinning Zelenskiy bilan uchrashish sharti ma’lum qilindi

    Dunyo | 18 may, 19:20

    Namanganda 1 sutkada bolalar avtomobil haydashiga oid 45 ta holat aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 may, 18:51

    Rossiya Ukrainaga rekord miqdorda dron uchirdi

    Dunyo | 18 may, 18:23

    IFFHS: Barcha davrlarning eng zo‘r 10 nafar futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi (top-10)

    Sport | 18 may, 18:10

    Jeff Bezosning qallig‘i Parijda dabdabali qiz bazmini o‘tkazdi

    Layfstayl | 18 may, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.