Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasi mast holatda mashina olib qochgani aytilmoqda.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
“Sudyalar odobi kodeksi talablaridan kelib chiqib, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasining (xizmatdan tashqari vaqtdagi) xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi shu mavzuga doir xabarlarda tilga olinayotgan holatlarga xizmat tekshiruvi jarayonida aniqlik kiritiladi va yakuni bo‘yicha lozim choralar ko‘rilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Mart oyi oxirlarida taniqli so‘z ustasi Shukurullo Isroilovga tegishli Mercedes-Benz rusumli avtomobil o‘g‘irlab ketilgandi. 102 ga qo‘ng‘iroq qilib xabar berganidan so‘ng 10 daqiqa o‘tib avtomobili topilgandi. Uni olib qochgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingandi.
Jinoyat kodeksi 267-moddasiga ko‘ra, transport vositasini olib qochish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Og‘ilashtiruvchi holatlarda esa 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi.
Izoh (0)