Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachi Abduqodir Husanov bilan vaqtincha xayrlashishga qaror qilmoqda. Thehardtackle nashrining xabariga ko‘ra, jamoa rahbariyati uni ijaraga berish orqali yanada o‘sishiga yordam bermoqchi.

Husanov jamoa talablariga moslashishga ulgurgan bo‘lsa-da, kuchli raqobat tufayli ko‘p imkoniyatga ega bo‘lgani yo‘q. U “Siti” safida bor-yo‘g‘i to‘qqizta o‘yinda maydonga tushgan hamda “shaharliklar”ning so‘nggi 5 uchrashuvidan beri zaxirada qoldirilmoqda.
Murabbiylar shtabi futbolchi o‘sishda davom etishi uchun doimiy o‘yin amaliyoti kerak ekanligi sabab uni vaqtincha boshqa jamoaga ijaraga berishga qaror qilgan. Shunga qaramay, “Siti” uni uzoq muddatli rejalarining asosiy qismi sifatida ko‘rishda davom etadi.
Ayni paytda Premyer Liga hamda boshqa top chempionatlardan bir nechta jamoalar unga qiziqish bildirmoqda. Ular yosh himoyachining salohiyatini e’tirof etib, uni o‘z loyihalarining asosiy qismiga aylantirmoqchi.
Ma’lumot uchun, Husanov Fransiyaning “Lans” jamoasidan “Siti” safiga o‘tgan. Ingliz klubi 21 yoshli himoyachini 40 million yevroga xarid qilgan edi.
Izoh (0)