• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindberg tarixi

    Uchuvchi Charlz Lindbergning shaxsiyatiga qaysi tomondan qaralmasin, u o‘ziga xos. Birinchidan, u taqdiri va muvaffaqiyatlarini butun dunyo kuzatgan birinchi jahon yulduzi bo‘ldi; uning har bir so‘zi e’tibordan chetda qolmas, shaxsiy hayoti esa har bir amerikalikni qiziqtirar, yutuqlari Atlantika okeanining har ikki tarafi uchun ulkan natija edi. Ikkinchidan, uning natsistlar Germaniyasi g‘oyalarini yoqlagani ko‘plab muammolarni keltirib chiqardi. Shunda Charlz Lindberg sanoqli soatlarda birinchi raqamli amerikaliklardan, “Birinchi raqamli davlat dushmani”ga aylanadi (Ruzveltning so‘zlariga ko‘ra). “Daryo” “100 buyuk inson” loyihasi doirasida Atlantika okeanidan yolg‘iz o‘zi ilk bor uchib o‘tgan Charlz Ogastus Lindberg haqida hikoya qiladi.

    Charlz Lindberg
    Foto: Wikimedia Commons

    Yosh uchuvchi

    Ko‘plab daho va taniqli shaxslarda bo‘lgani kabi maktab hamda universitet davrida Charlz alohida qobiliyatlari bilan ajralib turmagan. U texnikalarga juda qiziqar, jumladan, otasining Saxon Six mashinasini yaxshi ko‘rardi, ammo shu bilan e’tiborga molik barcha qobiliyatlar tugaydi.

    Lindbergning haqiqiy qiziqishi uchishga ishtiyoqi paydo bo‘lgan Viskonsin universitetida uyg‘onadi. Yosh yigit uchun u davrlar ancha yoqimsiz edi, chunki ota-onasi ajrashib ketadi, o‘qish uchun esa pul yo‘q, vaqt o‘tishi bilan universitetni ham tashlashga to‘g‘ri keladi.

    Linkolnga yo‘l olgan Charlz Nebraska Aircraft Corporation kompaniyasining mahalliy uchish maktabiga kadet bo‘lib o‘qishga kiradi. Biroq byurokratik chigalliklar bo‘lajak uchuvchiga o‘qishni davom ettirish imkonini bermaydi. Pulning yo‘qligi esa yigitga qattiq bosim o‘tkazar, bu orqali u o‘zining chorasiz holatda his qilardi. Otasi taniqli kongressmen bo‘lishiga qaramay, undan biror yordam kelmaydi. Bu esa Lindbergni ishlashga majbur qiladi va shu orqali uning taqdiri belgilanadi.

    Nebraskadan Montana shtatiga ko‘chib o‘tgan yigit mexaniklikdan parashyutchilikkacha bo‘lgan ishlarni bajaradi. Havo sirkidagi uning akrobatik sakrashlari o‘z atrofiga olamonni to‘plashga xizmat qilardi. Odamlar “Kichkintoy Lindberg” laqabli hech narsadan qo‘rqmaydigan yigitning chiqishlarini tomosha qilish uchun qo‘shni shtatlardan kela boshlaydi.

    Tomosha ko‘rsatayotgan Lindberg
    Foto: Wikipedia

    O‘ziga yetarli darajada pulni ishlab olgan Charlz avvaliga otasining Minnesotadagi uyida yashash uchun yo‘l oladi, yarim yil samolyotlarni kuzatadi, ular boshi ustidan uchib o‘tishni boshlaganidan keyingina fikrlarini jamlashga qaror qiladi. Uning ruhiy azobining mevasi 500 dollarlik xarid edi — minilgan JN-4 Jenny biplan bo‘yicha bitim yakunlanganidan bir soat o‘tib, u havo kemasini sinab ko‘radi.

    Hotel Lafayette va Brevoort Hotel mehmonxonalarining egasini e’loni yosh, tajribasiz bo‘lgan Charlz Lindbergning e’tiborini tortadi. Reymond Orteyga Atlantika okeani orqali Nyu-Yorkdan Parijga qadar to‘xtamasdan uchgan insonga 25 ming dollar miqdorida mukofot va’da qilgandi. Bu olamshumul mashhurlik uchun birinchi qadam edi.

    Atlantika okeani ustidan uchib o‘tishga tayyorgarlik

    Charlz Lindberg hayotini avval va keyingi bo‘ladigan bir nechta bosqichlar mavjud. Har bir bosqich haqida alohida ma’lumot beramiz, ammo ularning eng mashhuri, albatta, “kambag‘allikdan shohlikka” qadami edi. Hech kim bo‘lgan yigit 33 soat ichida afsonaga aylandi.

    Charlz hisob bo‘yicha Atlantika okeanini havo kemasida kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 13-odam edi. Yolg‘iz uchish — janob Orteyganing asosiy talabi bo‘lgan, chunki 1919-yilda britaniyalik Jon Alkok va Artur Braun modernizatsiya qilingan Vickers Vimy’da transatlantik parvozni amalga oshirgandi. Ammo yolg‘iz uchish bu sherik bilan parvoz qilishdan mutlaq boshqacha — bunda yagona sherik shovqinli ovoz chiqarayotgan samolyot motori.

    “Sent-Luis ruhi”
    Foto: Wikipedia

    Qiziqqon va romantik Lindberg sarguzashtga qiziqib qoladi. 25 yoshida u havo akrobatlari shousida yulduz edi xolos, ammo yosh yigit o‘z potentsialini ancha yuqori baholardi. Har doimgidek chaqiruvni qabul qilishda eng muhim muammo yuzaga keladi — pul. Charlzda shaxsiy samolyotni sotib olish uchun mablag‘ yetmasdi, shu sababdan Sent-Luis shahridagi tadbirkorlardan yordam so‘rashga kirishadi.

    Uning o‘ziga xos parvoz shoularidan zavqlangan ikki mahalliy biznesmen unga yordam berishga qaror qiladi. Biznesmenlar har biri muvaffaqiyatning hech qanday kafolati yo‘qligini yaxshi tushunardi, eng muhimi transatlanik parvozga uringan oldingi nomzodlarning o‘limi sarflangan pullar qaytarilmasdan qolishi mumkinligini ko‘rsatgan.

    Shunga qaramay, ishlar boshlab yuboriladi. Charlz Lindbergning tavsiyasi bilan mavjud samolyot modelini xarid qilish yoki modernizatsiya qilish fikridan voz kechilib, uni noldan boshlab yig‘ishga kirishiladi. Old oynasi yo‘q va qulayliklari minimum darajada bo‘lgan “Sent-Luis ruhi” shu yo‘sinda paydo bo‘ldi. Uning o‘lchamini kattaligi ko‘plab ekspertlar kulgisiga sabab bo‘ladi, frontal ko‘ruvchanlik imkoniyatidan mahrum ekanini esa odamlar masxara qila boshladi. Hisob-kitob qat’iy edi — samolyotni imkon qadar ko‘proq yonilg‘i baklari bilan jihozlash kerak, atrofni kuzatish uchun esa yon tomonga boshni chiqarishning o‘zi kifoya.

    Parallel ravishda Charlz Robertson Aircraft Corporation pochta kompaniyasiga ishlab o‘ziga parvoz soatlarini to‘play boshlaydi (tez orada ular ham transatlantik parvozga pul tikadi). Uzoq davom etmagan pochtalyonlik karyerasi davomida Lindberg havo kemasini ikki marta qahramonlarcha qo‘ndiradi — yomon ob-havo sharoitida va deyarli yonilg‘isiz qolganida. Qattiq qo‘nishlar mohirona amalga oshirilgani sabab uchuvchiga ham, yuklarga ham shikast yetmaydi.

    Transatlantik parvoz

    Lindbergning monoplani San Diegodan Nyu-Yorkka — deyarli butun mamlakat bo‘ylab uchish orqali sinovdan o‘tadi. Muvaffaqiyatli parvoz Nyu-Yorkdan Parijga uchish uchun yaxshi bashoratlarni taqdim etardi.

    1927-yilning 20-may tongida “Sen-Luis ruhi” samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagiga yetib keladi. Shu kuni 25 ming dollar mukofot puli uchun yana ikkita samolyot havoga ko‘tarilishi kerak edi. Ammo 25 yoshli Charlzdan boshqa hech kim poygada ishtirok etishni istamaydi.

    “Bu okean ustidan uchib o‘tishga bo‘lgan tayyorgarlikdan ko‘ra, dafn jarayoniga ko‘proq o‘xshardi”, degandi Lindbergning o‘zi.
    Foto: AP Photo

    Charlz butun dunyo diqqat markazida bo‘lgan voqeaga quyidagi yuk bilan otlanadi: bir motorli mexanizm, monoplan, 1704 litr yonilg‘i, 5 ta sendvich, jo‘xori, 1 litr suv, parashyutsiz, ratsiyasiz va old oynasiz.

    “Parijga yetib borsam, hech narsaga ehtiyojim bo‘lmaydi. Agarda Parijga yetib bora olmasam, hech narsaga ehtiyojim qolmagan bo‘ladi”, deydi u.

    Havoga og‘ir ko‘tarilish va elektr tarmoqlariga urilib ketishiga bir bahya qolgan “Sent-Luis ruhi” Parij tomon yo‘l oladi. Uyqu va dam olishlarsiz 33,5 soatlik parvoz. Ertasi kuni AQSH aholisining chorak qismi Charlz Lindbergning Le-Burjega qo‘ngani haqidagi yangilikni kutib, radiopriyomniklariga quloq tutib o‘tirardi. Soat 22:24 da kichik oq samolyot minglab kishidan iborat olamon orasiga qo‘nishni boshlaydi. Fransuzlar sivilizatsiyaning yangi qahramonini qarshi olish uchun barcha ishlarini tashlab kelgandi.

    5,8 ming kilometr ortda qoldi, oldinda esa shon-shuhrat, izzat va hurmat shiddati kutib turardi. Lindbergomaniya nafaqat AQSHni, balki butun Yevropani qamrab oldi. “Sent-Luis ruhi” Yevropa davlatlari bo‘ylab uchib, yangidan yangi muxlislar armiyasini to‘pladi. Bukingem saroyidagi qabulda Charlz qirol Georg V dan noodatiy savolga duch keladi, u okean uzra uchib o‘tayotganida hojatini qayerga chiqargani haqida so‘ragan edi.

    “Alyuminiy konteyneri bor edi, Fransiya uzra uchib o‘tayotganimda uni tashlab yubordim…”, — deydi Lindberg.

    Shu ondan boshlab Charlzning hayoti butunlay o‘zgarib ketdi. Hech kimga tanish bo‘lmagan pochta uchuvchisidan dunyodagi birinchi raqamli yulduzga aylandi. Undan intervyu olish orzusida bo‘lgan jurnalistlardan qochib qutulib bo‘lmasdi, Charzlning ota uyi ham ko‘plab muxlislari tomonidan “qurshab olindi”.

    Foto: AP Photo

    Aqlbovar qilmas mashhurlik

    Shtatlarga qaytib kelishi bilan Lindbergni qator mukofotlar kutib turardi: “Shon-sharaf” medali, “Parvozdagi xizmatlari uchun” xoch, aviatsiyaning oltin medali, AQSH Harbiy-havo kuchlari polkovnigi unvoni, Time jurnali versiyasi bo‘yicha “Yil odam”.

    Charlzning mashhurligi uning ta’sir doirasi kabi o‘sib bordi. “Birinchi raqamli amerikalik”ning fikri o‘sha yillarda ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy va hatto siyosiy masalalarda hal qiluvchi bo‘ldi. Lindbergning Guggenxaym oilasi bilan suhbatlashib, uni Robert Goddard loyihalarini moliyalashtirishga ko‘ndirgani bunga yorqin misol bo‘la oladi. U raketalarni loyihalashtirish bilan jiddiy shug‘ullangan konstruktor olim edi. Aynan uning muvaffaqiyatli ishlari natijasida raketasozlik sohasi oldinga siljidi, shuningdek, sun’iy yo‘ldoshlarning kosmosga pavozlarini ta’minladi.

    Shundan keyin Charlz AQSH hukumatining topshirig‘iga binoan boshqa davlatlarga do‘stlik aloqalarini o‘rnatish uchun tashriflarni amalga oshira boshladi. Ushbu uchrashuvlarga unga rasmiy elchilar va diplomatlar hamrohlik qildi. Meksikaga amalga oshirilgan shu kabi tashriflarning birida u bo‘lajak rafiqasi bilan tanishib qoladi. U Amerikaning Meksikadagi elchisi Duayt Morrouning qizi — Enn edi. Jamoatchilik “Nega aynan u?”, degan savolni o‘rtaga tashlardi, chunki mashhur uchuvchi har kuni o‘zi muxlisalaridan yuzlab maktub olardi. Bunga javoban Charlz Lindberg Enn suhbat davomida uning shaxsiyatiga bog‘liq birorta ham ahmoqona savol bermagan yagona inson ekanini aytgandi.

    O‘sha yilning o‘zida “Birinchi raqamli amerikalik” kitob chiqarishga qaror qiladi. U shu qadar mashhur ediki, kitob shubhasiz muvaffaqiyatga erishardi. “Biz” nomini olgan avtobiografik asar zudlik bilan bestsellerga aylanadi. Charlz unda o‘zining transatlantik parvozi haqida batafsil ma’lumot beradi.

    Ammo Lindberg o‘z mashhurligi tovonini keyinroq, 1932-yil 1-martda to‘laydi — shu kuni Charlzning o‘g‘li Ogastes o‘g‘irlab ketiladi.

    Charlzning o‘g‘li Ogastes
    Foto: Wikipedia

    Mashhurlik va OAV e’tiboridan charchagan Lindberglar xotirjamlik xohlab qoladi. Chunki oila asal oyini ham bemalol o‘tkazmagandi. Enn bo‘lsa uchuvchining rafiqasiga aylanib, xuddi odamlardan yashirinishga majbur bo‘lgan jinoyatchiga aylanganini ta’kidlardi.

    1-mart tongida 20 oylik bolani o‘z karovatidan topishmaydi. Birinchi navbatda gumon enagaga tushadi — u o‘zining aloqadorligini butkul rad etadi. Jinoyat joyida topilgan narvonning bir oyoq qo‘ygichi singan, uning ostida esa turli o‘lchamdagi erkak poyabzallarining izi bor edi. Bu jinoyatchi bir kishi bo‘lmaganini bildirardi.

    Shu bilan birga, o‘g‘irlik joyida qoldirib ketilgan xatda bola uchun 50 ming dollar talab qilingandi. Yangilik yashin kabi hamma joyga tarqaladi. Butun Amerikaning sevimli insoniga kim yomonlik qilishi mumkin edi? Uy egalari va xizmatkorlarga to‘la xonadondan qanday qilib bolani o‘g‘irlash mumkin?

    Enning so‘zlariga ko‘ra eri bir tomchi ham ko‘zyosh to‘kmasdan, butun dardini ichiga yutib, tergovga yordam ko‘rsatgan. Asosiy gumonlanuvchi ingliz oqsochi — Vayolet Sharp edi, shu kuni u kinoteatrga ketdim deya, uyda bo‘lmagan. Qayta so‘roq vaqtida u do‘sti bilan uchrashgani haqida ko‘rsatmasini kutilmaganda o‘zgartiradi. Yana bir marotaba politsiya mahkamasiga chaqirilganida esa u o‘z joniga qasd qiladi.

    Bola o‘g‘irlab ketilgan xonadon
    Foto: Wikipedia
    Lindberglar uchun pul masalasi ahamiyat kasb etmasdi, ular faqatgina bolani qaytarishni xohlardi. Charlz politsiya va OAV yordamida o‘g‘rilarga murojaat qilib, pulni topshirish vaqtini kelishadi. Jamiyatdagi turli qatlam vakillari o‘z yordamlarini taklif etadi: prezident Guverdan tortib, davlatning birinchi raqamli dushmani Al Kaponegacha.

    Jinoyatchilar bilan aloqa uchun kriminal olam vakillari yollanadi, ammo yangi maktublarda o‘g‘rilar ushbu o‘rtakashlardan voz kechib boshqa insonni — nafaqadagi olim Jon Frensis Kondonni tanlaydi. Oxir-oqibat tomonlar Bronksdagi Vestland qabristonida uchrashishga kelishadi.

    Uchrashuvda Kondon va Lindbergning o‘zi ham ishtirok etadi. Ularning oldiga qora kiyim va niqobda bo‘lgan inson yaqinlashadi. U bolaning ahvoli yaxshi ekani va tez orada uni qaytarib olishlarini bildiradi. Ammo kutilmaganda bolaga biror nima bo‘lgan bo‘lsa, o‘zini ham qatl etish-etmasliklari haqida savol beradi. Uning so‘zlaridan hayron qolgan Kondon va Lindberg bola tirikligi haqida isbot talab qiladi. Bolakay o‘g‘irlangan kechadagi kiyimning yuborilishi Charlzni xotirjam qiladi va u o‘g‘rilarga belgilangan pulni berishga tayyorligini aytadi.

    Keyingi uchrashuvda Kondon va Lindberg pulni noma’lum kimsaga topshiradi. Shundan so‘ng bolani qidirib topish bo‘yicha yo‘riqnomani oladi. Jinoyatchining so‘zlariga ko‘ra, bolakay ularni Massachusets shtati qirg‘og‘idagi qayiqda kutadi.

    Ammo na sohil qo‘riqchilar, na politsiya va gidroplanda uchgan Lindberning o‘zi o‘g‘rilangan farzandini topa oladi. Eng dahshatlisi keyinroq ro‘y beradi: Lindberglar uyidan bir necha kilometr naridan bola jasadi topiladi. Bu butun jamoatchilikning oyoqqa turishiga olib kelgandi. O‘tgan shuncha vaqt davomida mamlakat o‘lgan bolani qidirish bilan shug‘ullanayotgan edi. Ekspertizaga ko‘ra, kichik Charli zinadan yiqilish vaqtida boshi bilan urilgani oqibatida vafot etgan.

    Jinoyatchilarni topishning yagona yo‘li ularga belgi qo‘yib berilgan oltin sertifikatlarning kuzatilishi edi. Butun mamlakat bo‘ylab sertifikatlarni naqdlashtirish holati politsiya tomonidan kuzatiladi va oradan ikki yil o‘tgach jinoyatchilar topiladi.

    Nyu-Yorkdagi benzokolonkada nemischa aksentda gapirgan erkak sertifikat bilan to‘lovni amalga oshiradi. Shoxobcha egasi banknotani naqdlashtira olmasligidan qo‘rqib, huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi. Yozib olingan avtomobil raqami sabab politsiya nostandart pul vositalarining egasi izini topadi. U Germaniyadan kelgan duradgor Bruno Richard Xauptmann bo‘lib chiqadi.

    Bunday insonlar jazosiz qolmasligini xalqqa ko‘rsatish kerak edi, shu sababdan sud hay’ati ishtirokida 11 soat o‘tkazilgan yig‘ilishdan keyin yakuniy hukm qabul qilinadi — o‘lim jazosi. 1936-yilning 3-aprelida Bruno elektr stulida qatl etiladi. U o‘z aybini tan olmaydi, hatto qarindoshlari uchun 90 ming dollar berilishini aytganida ham bolani o‘g‘irlamaganini ta’kidlagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Bruno o‘z o‘limini mutlaq xotirjamlik bilan qabul qilgan, bunga faqat kuchli irodaga ega va ko‘ngli toza inson qodir.  

    Ushbu voqealardan keyin Charlz Qo‘shma Shtatlardan Yevropaga ko‘chib ketishga qaror qiladi, u yerda uchuvchi o‘z vatanidagidek mashhur emasdi. Lindberglar Germaniyada yashay boshlaydi va shundan keyin “Birinchi raqamli amerikalik”ning tarix varaqalarida qora kunlar boshlanadi, u eng xavfli AQSH fuqarosiga aylanadi.

    Ikkinchi jahon urushi

    Berlinda o‘tkazilgan 1936-yilgi Olimpiada o‘yinlarining eng muhim mehmoni Charlz Lindberg edi. Adolf Gitler boshchiligidagi Germaniyaning yangi rahbariyati AQSH fuqarosiga yaxshi e’tibor qaratardi. Lindbergni bir necha hafta davomida turli nemis aerodromlariga olib borishib, Germaniya havo kuchlarining texnik kuchini namoyish etishadi. Charlz bo‘lsa o‘z hayratini yashirib o‘tirmagan, matbuot bilan muloqotda nemis davlatining aviatsiya sanoati yuqori darajada ekanini aytardi. Uning har bir so‘zi New York Times’da qayta chop etilib, AQSH fuqarolarini o‘zlari yaxshi ko‘rgan insonga boshqacha nazar bilan qarashga majbur etardi.

    Lindberglar oilasi Germaniyaga butunlay ko‘chib o‘tish haqida o‘ylay boshlaydi. Bu yerda jurnalistlar ularni bezovta qilmaydi, atrofda tartib va qonun ustuvorligi, Charlz nemis xalqi va rahbariyatidan minnatdor. Ammo barcha rejalar bir kunda barbod bo‘ladi. “Billur kecha” — Berlindagi yahudiylar yashaydigan dahalarda yuz bergan bosqinlar amerikaliklarni dahshatga soladi. Lindberg Germaniyada yahudiylar masalasi haqiqatda qaltis bo‘lgani, ammo davlat organlarining bunday repressiv harakatini oqlab bo‘lmasligini tan oladi. Oila zudlik bilan uyiga qaytadi, ammo bu yerda ham endilikda ularni xushlashmas edi.

    AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt ochiq-oydin Lindbergni mamlakatning birinchi raqamli dushmani deb ataydi. Ko‘p o‘tmay afsonaviy uchuvchiga yomonotliq qilishga qaratilgan jiddiy kampaniya boshlanadi. Buning natijasida Lindbergning o‘zi o‘g‘lini o‘g‘irlab, uni o‘ldirgani haqida mish-mishlar paydo bo‘ladi.

    Yaponlarning Perl-Xarborga hujumidan keyin Lindberg chaqiruv punktiga yo‘l oladi, ammo bu yerda unga Germaniyaga josuslikda ayblanib, urushda qatnashishga rad javobini berishadi. Amerika qahramonining asl ko‘rinishi shunda namoyon bo‘ladi. U harbiy forma sotib oladi va Tinch okeani qirg‘og‘i, front liniyasi yaqiniga yo‘l oladi. Genri Ford ko‘magida Chalrz harbiy harakatlar ro‘y berayotgan hudud bo‘ylab sinov parvozlarini amalga oshiradi. Birinchi sinovdayoq Lindberg yo‘riqnomani buzadi va yaponlar pozitsiyaga hujum uyushtiradi. Natijada u shu kabi 50 ta jangovar parvozlar bilan havoga ko‘tarilib, o‘z burchini bajaradi.

    Urush tugaganidan keyin Charlz Lindbergning jangovar tajribasi haqida gazetalar deyarli yozmaydi. Shu bilan birga, AQSH harbiy-havo kuchlari aviatorni aviatsiya bilan bog‘liq turli masalalar uchun konsultatsiya taklif qilishni boshlaydi. U hech qachon rad javobini bermagan, keyinroq esa Charlzga Harbiy-havo kuchlarining brigada generali unvoni ham topshirilgandi.

    Vaqt o‘tishi bilan Amerika xalqining Charlzga bo‘lgan nafrati kuchsizlanadi, 1970-yillarda kelib AQSH aholisi uni yana milliy qahramon sifatida e’tifor eta boshlaydi.

    Lindbergning qabr toshi

    Charlz Lindberg 1974-yilda Gavayi orolidagi uyida saratondan vafot etadi. Shu yerning o‘zida u eng yaqin qarindoshlari va do‘stlari ishtirokida dafn etiladi.

    23.09.2023, 22:25   Izoh (0)   23069
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mikki Mausni har qanday ayoldan ko‘proq yaxshi ko‘raman”. Natsistlar bilan do‘st tutingan va ayollardan nafratlangan Uolt Disney haqida

    06.09.2023, 19:57

    “Cherchill meni ozod etdi”. Natsistlar josusi sifatida hibsga olingan moda olami yulduzi Koko Shanel va uning sirli hayot yo‘li

    15.09.2023, 16:27

    “Yumshoq qilib aytganda, bu yoqimsiz edi” — Everest cho‘qqisiga ilk bor ko‘tarilgan Xillari va Norgey taqdiri

    19.09.2023, 12:28

    Gretsiyada qo‘ylar 100 kilogramm nashani yeb qo‘ydi

    23.09.2023, 17:15

    AQSH Polshadan Ukrainaga yordamni to‘xtatish haqidagi bayonoti uchun tushuntirish so‘radi

    23.09.2023, 16:41

    “B” reja: AQSH harbiy yordamni to‘xtatsa, Kiyev qanday yo‘l tutadi?

    23.09.2023, 16:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jarima bali beriladigan qoidabuzarliklar ro‘yxati va ularga beriladigan ballar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 12:55

    Kim Kardashyan, Maykl Jordan va ota-onasi bilan uzoq vaqt birga yashagan boshqa mashhurlar

    Shou-biznes | 9 may, 12:43

    Jizzaxda paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 12:13

    Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 11:16

    Ikkita viloyatda jami 411 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 10:35

    Jizzaxda IIO xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilgan xabarlarga izoh berildi

    O‘zbekiston | 9 may, 10:07

    O‘zbekistonda 10-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 9 may, 09:56

    Oston O‘runovning goli “Persepolis”ga g‘alaba olib keldi (video)

    Sport | 9 may, 08:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.