“Xalq banki”ning Andijon shahar amaliyot bo‘limi bankomatlaridan 430 million so‘m mablag‘ o‘g‘irlangani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi mazkur xabarlarga izoh berdi.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha 7-fevral kuni Andijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari hozirda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.
Avvalroq “Xalq banki”ning Xovos filialida 3,8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Sirdaryo viloyati hokimligi rasmiy Telegram kanalida bankning mazkur holatga bildirgan munosabati e’lon qilinib, unda bank jurnalistlarni jamoatchilikda bir tomonlama fikr uyg‘otmaslikka chaqirgan.