Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand shahrida er-xotinni 40 ming dollarga AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni va turmush o‘rtog‘ini o‘zining tanishlari yordamida dastlab Yevropaga, so‘ngra Meksika davlati orqali AQSHga yuborishni va’da qilib, evaziga 40 ming dollar talab qilgan.

DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, mazkur shaxs oldindan 12 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida u avval ham pul evaziga bir nechta fuqaroni AQSHga noqonuniy yuborgani aniqlangan.

Hozirda ushbu fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi