O‘zbekistonda eng hamyonbop mobil ilovalardan biri – Alif Mobi HUMO ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida onlayn tranzaksiyalarning o‘sishi bo‘yicha yetakchilik qildi.
Hisobot davrining natijalariga binoan mazkur ilova boshqa servislarga nisbatan eng katta o‘sish suratlarini namoyish etdi – 0,59 foiz punktiga Ta’kidlash kerakki, Alif Mobi so‘nggi 4 oy ichida barqaror ravishda o‘z foydalanuvchilari bazasini ko‘paytirib kelmoqda: onlayn tranzaksiyalar soni bo‘yicha ilovaning ulushi fevraldagi 3,77% dan may natijalari bo‘yicha 5,21% gacha o‘sdi. Bugungi kunda Alif Mobi mijozlarining umumiy soni 1,8 mln ga yetdi.
Alif Mobi O‘zbekistonda eng hamyonbop mobil to‘lov ilovalaridan biri bo‘lib, keng assortimentda – 1000 dan ortiq turdagi xizmatlarni taklif qiladi. Ilova yordamida qulay tarzda mablag‘ o‘tkazish, transport, kommunal xizmatlar, internet va mobil aloqa uchun to‘lovlarni amalga oshirish, aviachiptalarni sotib olish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, ilova foydalanuvchilari Alif Shop marketpleysi orqali tovarlarni xarid qilishi va 15 mln so‘mgacha muddatli to‘lov olishlari mumkin.
Alif Mobi foydalanuvchilari uning afzalliklarini yuqori baholadi:
- Uzcard va HUMO kartalari o‘rtasida o‘tkazmalar uchun minimal komissiya – atigi 0,3%;
- mobil aloqa, kommunal xizmatlar va internet uchun to‘lov qilganda 2% keshbek;
- 1 mln. so ‘mgacha bepul o‘tkazmalar.
Bugungi kunda Alif Mobi HUMO tizimida onlayn tranzaksiyalar soni bo‘yicha top-4 ga kiradi. Besh yilligi munosabati bilan HUMO to‘lov tizimi Alif kompaniyasini O‘zbekistonda naqd pulsiz to‘lovlar rivojiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotladi.
Ilovani yuklab oling: https://a.alif.uz/
Сайт: alif.uz
Facebook: @alif.uzbekistan
Instagram: @alif.uzbekistan
Telegram: @alif_uzbekistan
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)