Britaniya hukumati Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi, deya va’da qildi mamlakatning yangi bosh vaziri Kir Starmer.
“Kecha Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan suhbatimda ta’kidlaganimdek, biz ittifoqchilarimiz bilan birga uning mamlakatini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, dedi u iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitiga ishora qilib.
The Guardian nashrining yozishicha, Starmer xorijlik yetakchilar bilan “munosabatlar o‘rnatish hamda Ukraina va boshqa muhim mavzular bo‘yicha muhim muzokaralar olib borish” uchun allaqachon bir nechta telefon suhbatlari o‘tkazganini ta’kidlagan.
Starmer saylovda g‘alaba qozongan Leyboristlar partiyasining rahbari. 5-iyul, juma kuni u hukumat tepasiga keldi va shanba kuni Britaniyaning yangi vazirlar mahkamasi bilan birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Izoh (0)