Turkiyada ota meros bo‘yicha janjallashgan o‘g‘illarini otib tashladi. Bu haqda Haber turk nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, voqea 24-iyul kuni soat 20:00 da Seyhan tumanida yuz bergan. U yerda 69 yoshli Erol Ko‘se 42 yoshli o‘g‘li Nihat Ko‘seni o‘ldirib, 34 yoshli Mesut Ko‘seni og‘ir yaralagan. Guvohlarning aytishicha, otishma meros masalasidagi oilaviy mojaroni yechish chog‘ida sodir bo‘lgan.

O‘g‘illarini otib tashlagach, erkak ularni oyoqlari bilan tepishda davom etgan, bu holat videokuzatuv kameralariga tushgan. Jabrlanganlar qo‘shnilar tomonidan darhol shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, Nihat olgan jarohatlari natijasida vafot etgan, Mesut esa operatsiya qilinib, reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan.
Erol uyi yaqinida ushlangan va politsiyada so‘roq qilingach qamoqqa olingan. Hozirda politsiya xodimlari jinoyat sodir etilgan joydan qochib ketgan yana bir shaxsni qidirmoqda.
Izoh (0)