Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 22-avgust kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari “Avaza” milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadigan “Ozarbayjon—Turkmaniston— O‘zbekiston” formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.
5-avgust kuni Turkmanistonda BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha 3-konferensiyasi o‘tkazilgandi. Anjuman doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon bosh vaziri Ali Asadovning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Muloqotda energetika, transport va logistika, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etilgan. Amaliy hamkorlikning istiqbolli loyihalarini ishlab chiqish uchun mazkur formatdagi muloqotlarni davom ettirishga kelishib olingan.
Izoh (0)