Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:
- dollar 49,17 so‘mga ko‘tarilib, 12 606,73 so‘m bo‘ldi;
- yevro 40,34 so‘mga oshib, 14 849,47 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,42 so‘mga ko‘tarilib, 159,86 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun pastlab, 12 557,56 so‘m bo‘lgandi.
24-iyunda ushbu valyuta rasmiy kursi 12 410,99 so‘mni tashkil etgandi. Ayrim iqtisodchilar dollarning bunday keskin pastlaganini valyuta mustahkamlanishi emas, dollar global miqyosda qadrsizlanishi ekanini aytdi. Jumladan, Yuliy Yusupov bu holatni so‘m mustahkamlanishi sifatida baholash noto‘g‘ri ekanini, chunki bunda so‘m qadri ortmayotgani, balki dollarning xalqaro miqyosda zaiflashuvi kuzatilayotganini bildirdi.
Izoh (0)