• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Sumbul og‘adan Alpagu xongacha: iroqlik aktyor Selim Bayraktar haqida nimalar ma’lum?

    Selim Bayraktar — juda iste’dodli turk teatr va kino aktyoridir. Turk seriallari muxlislari uni “Muhtasham yuz yil” serialidagi Sumbul og‘a rolidan tanishadi.

    Selim Bayraktar 1975-yil 17-iyunda Iroqning Kirkuk shahrida dunyoga kelgan. Yoshligidanoq u sportga, ayniqsa gimnastikaga qiziqqan. Selim13 yoshga to‘lganida, oilasi yashirincha Turkiyaga qochishga majbur bo‘lgan. Bunga sabab Bayraktar o‘qigan maktabga Saddam Husaynning qiyofadoshi kelib, o‘g‘il bolalarni o‘z armiyasiga yollashga harakat qiladi. Selim ham tanlanganlar orasida bo‘lgan, otasi buni bilgach, o‘sha kechasiyoq butun oilasini Eskishaharga olib ketgan.

    Selim yuqori sinfga o‘tgach, oilasi Anqaraga ko‘chib o‘tgan va u Xajattepa universitetiga o‘qishga kirgan.

    “Men Misr kinolarini ko‘rib ulg‘ayganman. Aktyorlik meni doimo o‘ziga tortardi. Bir kuni litseydan qaytayotib, afishaga ko‘zim tushdi. Teatr kurslari guruhga qabul e’lon qilgan ekan. Maktabdosh do‘stim bilan birga bordik. Kurslarga atigi 10 kishi qabul qilinardi, xohlovchilar esa 650 kishi edi. Biz tanlovdan o‘tdik! Juda ajoyib pyesalar o‘ynadik. Biz Turkiyada birinchi bo‘lib sahna o‘rniga yuk mashinasi va parda o‘rniga chodirlardan foydalanib, ko‘chma teatr yaratdik”.

    Shundan so‘ng Selim bir yil sirkda ishlagan, keyin esa Diyorbakir davlat teatriga ishga joylashgan. Uning aytishicha, o‘qish paytida uni opasi moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan, ota-onasi yordam bera olmagan, otasi esa uzoq vaqt davomida o‘g‘lining aktyor bo‘lishiga butunlay qarshi bo‘lgan.

    Kino

    Selim Bayraktar kinoga 2006-yilda “Ko‘prik” serialida Erdal rolini ijro etish bilan qadam qo‘ydi. 2009-yilda u “Agar bulut bo‘lsam” serialida rol oldi va ikki yil o‘tib turk seriallari olamining haqiqiy yulduziga aylandi. Aynan o‘sha paytda Selim mashhur “Muhtasham yuz yil” serialida Sumbul og‘a rolini qo‘lga kiritdi.

    “Menimcha, qahramonim har qanday aktyor uchun ramziy obraz. Bu rolni ijro etish menga nasib etganidan juda baxtiyorman. Sumbul — haramning yuragi. Hamma har qanday masalada unga murojaat qiladi. U haramda bo‘layotgan barcha voqealardan xabardor, hamma yangiliklarni birinchilardan bo‘lib eshitadi. Tarixiy manbalardan haramdagi og‘alarning hayoti naqadar og‘ir bo‘lganini bilamiz. Ba’zida ular yillab ko‘chaga chiqmagan. Ma’lumki, ularning ko‘pchiligi sil kasalligiga chalinib, vafot etgan. Ular ko‘p sirlarni saqlagan, ammo hech kimning tarafini olmagan odamlar edi. Haqiqiy haram og‘asi, masalan, na Mohidavron sultonning, na Hurram sultonning tarafdori bo‘la olardi”, deya eslaydi u.

    Uning filmografiyasi 40 ga yaqin filmni o‘z ichiga oladi va unda tarixiy rollar alohida ahamiyatga ega. Selim Bayraktar “Afsona”da Alpagu xon, “Vazir barmog‘i”da Ekmelettin, “Usmonli imperiyasining yuksalishi”da Chandarli Xalil poshsho rollarini ijro etib, muxlislarini maftun etdi va xuddi shu qahramonni “Mehmed: Fotihllar sultoni” serialida ham o‘ynadi.

    Selim Bayraktar “Vidolashuv maktubi”, “Zumrad qaqnus”, “Yovvoyi narsalar”, “Sevgi yig‘latadi”, “Merosxo‘rlar”, “Zolim Istanbul”, “Ko‘zga ko‘ringan odam”, “Katta-kichik yolg‘on” va boshqa film hamda seriallarda rol ijro etgan.

    Shaxsiy hayoti

    Selim Bayraktor shaxsiy hayoti haqida hech qachon batafsil ma’lumot bermagan. U 2004-yilda Davlat konservatoriyasi xodimasi Bixterga uylangan. U xotini bilan varrak uchirayotganda tanishgan va bir-birini darhol sevib qolishgan ekan. Atrofdagilar ularning nikohini ideal deb bilishgani bois mashhur juftlikning ajrashishi Bayraktarning hamkasblari va do‘stlari uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. 2019-yilda Selim va Bixter ajralishdi. Ularning nikohidan farzand ko‘rishmagan. Juftlik ajralish sabablarini oshkor qilishmadi.

    Селим Байрактар и Эмель Каракёсе сыграли свадьбу! • Турецкие сериалы -  новости, обзоры, рейтинги

    2018-yilda “Aziz qo‘shnim” filmi suratga olinayotganda Selim Emel Karakyose bilan tanishdi. O‘sha paytda aktrisa ajrashgan va qizini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan edi. Bixterdan ajrashganidan so‘ng bir necha kun o‘tib, Bayraktar ijtimoiy tarmoqlarda Emelga bag‘ishlangan postlar joylay boshladi. 2023-yil may oyida ular rasman nikohdan o‘tdi, marosimda faqat eng yaqin do‘stlari va hamkasblari qatnashdi.

    Selim Bayraktar hozir

    Hozirgi kunda Bayraktar kinoda suratga tushishni davom ettirmoqda va ba’zan teatrda ham rol o‘ynamoqda. Turk aktyor bo‘sh vaqtini rafiqasi va do‘stlari davrasida o‘tkazadi. U o‘z salomatligi va tashqi ko‘rinishiga alohida e’tibor qaratadi. Selim haftasiga kamida to‘rt marta sport zaliga boradi va faol dam olishni, ayniqsa vindsyorfing yoki skeytbord uchishni juda yoqtiradi. Turdizi yulduzi anchadan beri tez hazm bo‘ladigan uglevodlar miqdori kam bo‘lgan parhezga amal qiladi — u chekmaydi va deyarli spirtli ichimliklar iste’mol qilmaydi.

    Пазл «Селим Байрактар» из 143 элементов | Собрать онлайн пазл №238442

    Selim Bayraktar juda bilimli inson. U kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi, jahon tarixini o‘rganadi va arab, kurd hamda turk tillarida bemalol gaplashadi. Turdizi yulduzi Gollivudda suratga tushish orzusida bo‘lgani uchun ingliz tilini ham o‘rganishni rejalashtirmoqda. Turk aktyor o‘zini chinakam baxtli deb hisoblaydi, chunki u o‘z orzusini ro‘yobga chiqarib, mashhur va e’tiborli san’atkorga aylandi, shu bilan birga, haqiqiy muhabbatni ham topdi.

    24 iyul, 09:55   Izoh (0)   1858
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda soxta dacha eʼlonlari orqali odamlar pulini “shilgan” shaxs qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 19:00

    Dunyoni zabt etgan iforlar: barcha davrlarning eng yaxshi 10 ta atiri

    Ayollar sahifasi | 25 iyul, 18:50

    Qozog‘istonda EC-145 harbiy vertolyoti yo‘qolib qoldi

    Dunyo | 25 iyul, 18:35

    Yil boshidan buyon dunyo bo‘ylab 9 mln dan ortiq elektromobil sotildi

    Dunyo | 25 iyul, 18:25

    Surxondaryoda YPX xodimini haqorat qilgan ayol 4 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 18:10

    Xitoyda kabob tayyorlash bo‘yicha birinchi institut tashkil etiladi

    Dunyo | 25 iyul, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.