Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi obyektlar va loyihalarni ishga tushirish marosimida nutq so‘zlamoqda.
“Yashil energetika” boshqa soha va tarmoqlar jadal rivoji, aholi turmush darajasi yaxshilanishi uchun yangi drayverga aylanmoqda. Xususan, aholi va mahalliy tadbirkorlar sohaga katta qiziqish bildirmoqda.
Bunday korxonalarni rag‘batlantirish maqsadida hududlarni rivojlantirish dasturlarida “yashil loyiha”lar ulushini kelgusi 5 yilda 5 barobarga oshiriladi.
Bu borada texnikumlarda sanoat korxonalari bilan dual taʼlim tizimi, 5 ta oliygohda ilg‘or muhandislik maktablari tashkil etilmoqda.
Shuningdek, energetika, metallurgiya, kimyo, elektrotexnika sohalarida nufuzli kompaniyalar bilan birga izlanish va rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik kengaytiriladi.
“Barchangizga ishontirib aytmoqchiman: Yangi O‘zbekiston – investitsiyalarni har tomonlama kafolatlaydigan, sizlarning barcha loyiha va tashabbuslaringizni to‘la qo‘llab-quvvatlaydigan, xorijiy hamkorlarimiz manfaatlarini himoya qiladigan dunyoga ochiq mamlakatdir”, — dedi prezident so‘zining yakunida.
Davlat rahbari ramziy dastakni bosib, yakunlangan obyektlarni ishga tushirdi va yangi loyihalar qurilishiga start berdi.
Izoh (0)