• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Pensiyamdan kontrakt pulini to‘lab, armonimni ro‘yobga chiqardim” — otaxon bilan eksklyuziv suhbat (video)

    Taʼlim olishning erta-kechi yo‘q. Muhimi — insonda xohish bo‘lsa bas. Bugun sizga tanishtirmoqchi bo‘lgan qahramonimiz Temur Ahmedov 87 yoshda, u 7 farzandning otasi va ko‘plab nabiralarning bobosidir. Eng qizig‘i, u 84 yoshida talaba bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan va hozircha eng keksa talaba sifatida tarixga muhrlangan.

    Qahramonimiz uch yil mobaynida Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Qurilish muhandisligi texnologiyasi kafedrasida sirtdan tahsil olib, “Toshkent viloyati Olmaliq shahrida mehmonxona binosini loyihalash” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

    Foto: “Daryo”

    — 10-sinfni tamomlab, o‘sha paytdagi industrial texnikumda tahsil olganman. Texnikumni tamomlab, 4 yil kichik muhandis bo‘lib ishladim.

    Politexnika universitetiga talabalar qabul qilinayotgani haqida eshitib, imtihon topshirdim va talaba bo‘ldim. Kechki smenada o‘qib, davlat ishida ham ishlardim. Ammo o‘qishim oson emasdi. Sababi darslar kechki soat 19:00 da boshlanib, 22:20 da tugardi. Darsdan keyin Yangiyo‘lga ketishim kerak edi. U paytlarda transportlar taqchil edi.

    Foto: Toshkent arxitektura-qurilish universitetining matbuot xizmati

    1966-yili Toshkentda yer qimirlab, binolarni qayta rekonstruksiya qilish uchun Chinozdan shag‘al, qum olib kelinardi. Kechasi Chinozga qatnaydigan yuk mashinalariga chiqib, yarim yo‘lgacha yetib olardim. Yuk mashinasidan tushib, yana uch kilometr piyoda yurardim. Ertasi kuni soat 9:00 da ish joyida bo‘lishim kerak edi. Shu tarzda uchinchi kursni tamomladim.

    Ota-onam ancha keksa edi, opamni turmushga berganimizdan keyin qiynalib qolishdi. Singlim oltinchi sinfda o‘qirdi, shu bois o‘qishni tashlashga majbur bo‘ldim. Oilaviy sharoit sabab bor eʼtiborimni ish va oilaga qaratdim.

    43 yil muhandis bo‘lib ishladim, bog‘cha, maktablar qurdim. Ammo oliy maʼlumotli bo‘lolmaganim armon edi.

    Prezident qarori chiqqanidan keyin institutni tamomlashga qaror qildim. Uchinchi kursdan Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Qurilish muhandisligi texnologiyasi kafedrasida o‘qishga qabul qilishdi. Pensiyamdan shartnoma pulini to‘ladim, deydi otaxon.

    Otaxon kursdoshlari va darslarga qatnagan kunlarini quyidagicha eslaydi.

    Foto: Toshkent arxitektura-qurilish universitetining matbuot xizmati

    — Kurs sardorimiz andijonlik 64 yoshli Sharifa ismli ayol edi. Sessiya yaqinlashganida unga qo‘ng‘iroq qilib, darslar haqida so‘rab turardik. Kursdoshlarimizning yoshi ham, katta yoshdagilari ham bor edi. Sessiya boshlanganida nabiralarim ishga ketishdan avval universitetga tashlab qo‘yishardi. Darsdan keyin o‘zim Yangiyo‘lga qaytib ketdim. Bizga yosh bo‘lsa-da, tajribali bo‘lgan professorlar dars berishdi.

    O‘qishga kirdim deganimda birinchi bo‘lib, qizlarim “o‘qing” deyishdi. Chunki yoshlikda universitetni tamomlay olmay, afsus qilganimni yaxshi bilishardi. O‘g‘illarim kontrakt pulini to‘laymiz, deyishdi. “Yo‘q, pensiyamdan o‘zim to‘layman, sizlar bola-chaqangizni o‘qiting”, dedim, deydi otaxon.

    Temur Ahmedov barcha farzandlari va nabiralarini oliy maʼlumotli qilgani, endilikda esa nabira kelinlarining ham taʼlim olishi uchun sharoit yaratib berayotgani haqida gapirdi. Suhbat yakunida esa yoshlarga o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

    Foto: Toshkent arxitektura-qurilish universitetining matbuot xizmati

    — Yoshi ulg‘ayib, afsus qilmaslik uchun o‘z vaqtida o‘qish kerak. O‘qigan inson xor bo‘lmaydi. Sharoitlar avvalgidek emas, bemalol taʼlim olsa bo‘ladi. Yetti nafar farzandlarimning barini o‘qitdim, ular bolalarini oliy maʼlumotli qilishdi. Barchasi yaxshi kasblarda ishlab, ro‘zg‘orini tebratishyapti. Endi nabira kelinlarni va chevaralarni o‘qityapmiz, deydi otaxon.

    Suhbatni to‘liq holda quyida tomosha qilishingiz mumkin.

    21.08.2024, 19:35   Izoh (0)   11321
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Keliningizni o‘qitasizmi yoki uy ishlarini bilishi yetarlimi? (So‘rovnoma)

    20.08.2024, 13:45

    O‘zbekistonda 1-avgust holatiga ko‘ra 293 411 ta MCHJ faoliyat yuritmoqda

    21.08.2024, 19:04

    Britaniya kompaniyasi O‘zbekistonda yangi ta’lim dasturlarini joriy qilish imkoniyatlarini o‘rganyapti

    21.08.2024, 18:39

    Ovik Mkrtchyan: O‘zbekistonga sarmoya kiritish jamiyat uchun ham foydali

    21.08.2024, 17:04

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    21.08.2024, 16:20

    “Uch kun qo‘li bog‘liq, og‘zi skotchlangan holda och yotgan”. Eri kaltaklagan Gulistondagi ayol haqida

    21.08.2024, 16:14
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.