Moskvaning “SSKA” klubi sobiq futbolchisi va darvozabonlar murabbiyi Vladimir Chanov jamoa yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning ehtimoliy transferi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda Championat nashri xabar bermoqda.

Fayzullayev ketayotganidan afsusdaman. Bu yigit juda iqtidorli — u buni barchaga darhol isbotladi. Klubga kelishi bilan darrov o‘z o‘yinini ko‘rsatdi va muxlislar mehrini qozondi, — deya ta’kidladi Chanov.
Avvalroq, Istanbulning “Bashakshehir” klubi 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi. Hozircha muzokaralar yakuniga yetmagan, biroq futbolchining “SSKA”dan ketishi mumkinligi tobora oydinlashmoqda.
Abbоsbеk Fayzullayev Toshkentning “Paxtakor” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023-yil yozida “SSKA” klubiga ko‘chib o‘tgandi. Shu paytgacha Rossiya Premyer Ligasi doirasidagi 72 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 22 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.
Izoh (0)