Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 59,23 so‘mga oshib, 12 705,79 so‘m bo‘ldi;
- yevro 243,07 so‘mga ko‘tarilib, 14 704,41 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,68 so‘mga pastlab, 159,20 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi 27,81 so‘mga pastlab, 12 646,56 so‘m bo‘lgandi.
Ushbu valyuta kursi ketma-ket besh kundan buyon pastlashda davom etgan. So‘nggi marta dollarning rasmiy kursi 2024-yilning sentyabrida 12 700 so‘mdan tushgandi.
Izoh (0)